
“Manchester Siti” Gvardiola o‘rniga ikki murabbiy tanladi
“Manchester Sitini 2016 yildan beri muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan Xosep Gvardiolaning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi yozda yakunlanadi.
Manchesterliklar ispan mutaxassisi klubdagi faoliyatini davom ettirishini istayapti va yangi shartnoma bo‘yicha muzokaraga tayyorlanmoqda.
Gvardiolaning o‘zi yakuni qarorga kelgani yo‘q. Biroq keyingi paytda terma jamoada faoliyat yuritish xohishi borligini ta’kidlagan.
TodoFichajes nashrining ma’lum qilishicha, “Manchester Siti” mutasaddilari har ehtimolga qarshi boshqa bosh murabbiy topib qo‘yishga qaror qildi.
Gvardiolaning o‘rniga asosiy da’vogar sifatida “Bayer”ni ilk bor Bundesliga chempionatiga aylantirgan Xabi Alonso tanlandi. Biroq bu mutaxassisni “Real” ham Karlo Anchelottidan keyin Madridga kelishga chorlayapti.
“Shaharliklar” zaxira varianti sifatida “Jirona”ni kuchli jamoalar safiga qo‘sha olgan Michelni ham ro‘yxatga kiritdi. Bu murabbiyniolib kelish qiyin bo‘lmaydi. Chunki “Jirona” ham “Manchester Siti”ga egalik qiluvchi City Football Group xoldingiga qarashli klub hisoblanadi.
Fikrlar