
"Manchester Siti" Ederson bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Manchester Siti" jamoaning asosiy posboni Edersonni jamoada saqlab qolmoqchi. "TodoFichajes" nashri xabariga ko‘ra, "shaharliklar" yaqinda Ederson bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Edersonning amaldagi shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi. Braziliyalik keper Manchester klubida 2017 yilning yozidan buyon harakat qilmoqda.
Joriy mavsumda 30 yoshli darvozabon 32 ta uchrashuvda qatnashib, 28 ta gol o‘tkazib yubordi. O‘tgan mavsum Gvardiola jamoasi trebl qayd etdi va unda Ederson asosiy figuralardan bir bo‘ldi.
Fikrlar