
"Manchester Siti" "Bavariya"ning Sane borasida yuborgan ilk taklifini rad etdi
Myunxenning "Bavariya" klubi vingeri Lerok Sanening transferi bo‘yicha "Manchester Siti"ga rasmiy taklif bilan chiqdi.
The Guardian nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shaharliklar” nemis grandining bu boradagi 80 million evrolik taklifini rad etishgan. Endi “Bavariya” yangi taklif bilan murojaat qiladimi yoki yo‘q bu noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, agar "Bavariya" Saneni sotib ololmasa, bor e’tiborini "Yuventus" forvardi Paulo Dibalaga qaratishi haqida xabarlar mavjud.
Qayd etish lozimki, “Siti” Saneni tarkibda saqlab qolmqochi va buning uchun bor imkoniyatlarni ishga solmoqda.
Ma’lumot uchun, 23 yoshli germaniyalik futbolchi o‘tgan mavsum “Manchester Siti” safida jami 47ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 16ta gol hamda 18ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar