
“Manchester Siti” barcha zamonlar rekordini o‘rnatdi
Angliyaning amaldagi chempioni “Manchester Siti” Evropa Chempionlar ligasining 3-turida o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida Chexiyaning “Sparta” klubini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bu natija orqali “shaharliklar” Evropaning eng nufuzli turniri tarixidagi eng uzoq davom etgan malubiyatsiz uchrashuvlar seriyasini qayd etdi.
Xosep Gvardiola shogirdlari 26 ta uchrashuvdan beri mag‘lubiyatga uchramayapti. Bu ko‘rchatkichni hisoblashda ekspertlar uchrashuvning asosiy vaqti, ya’ni 90 daqiqani inobatga oladi.
Avvalgi rekord “Manchester Yunaytel”ga tegishli bo‘lib, ser Aleks Fergyuson davrida ular 25 ta uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgan edi.
Fikrlar