
"Manchester Siti" argentinalik hujumchini sotib olmoqchi
"Manchester Siti" o‘z tarkibini hujumchi bilan kuchaytirmoqchi.
ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, manchesterliklar "River Pleyt" forvardi Xulian Alvaresni sotib olishni niyat qilgan. "Shaharliklar" 21 yoshli futbolchi uchun 20 million evro to‘lashga tayyor.
Argentinalik futbolchi uchun kurashda "Milan" ham ishtirok etmoqda. Ammo Manchester klubi Alvaresni sotib olishi nisbatan haqiqatga yaqin deb hisoblanmoqda. Tomonlar kelishuvga erisha olsa bo‘lgani.
Avvalroq, "Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola o‘z jamoasida Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xolandni ko‘rmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar