
"Manchester Siti" - "Real" va boshqa o‘yinlar qoldirilishi mumkin
UEFA koronavirus tufayli EChL o‘yinlarini to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "As" nashri jurnalisti Xaver Matalyanas "Cadena SER" radiostantsiyasi efirida ma’lum qildi.
Uning fikriga ko‘ra tashkilot yaqin orada bu borada ma’lumot beradi. Chunki ushbu virus Evropaga kirib kelgan.
Agar UEFA musobaqani shu kunlarda to‘xtatsa, nimchorak finalning qolgan javob bahslari keyinroqqa surilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq koronavirus tufayli Italiya chempionati bir oy muddatga qoldirilgandi. Osiyoda esa Xitoy, Janubiy Koreya, Tailand va yana bir nechta ichki chempionat bahslari noma’lum muddatga qoldirilgan.
Fikrlar