
"Manchester Siti" - "Chelsi". Mashhur saytlar bahs natijasini taxmin qildi
Angliya Premer-Ligasi 23-turining markaziy bahsida "Manchester Siti" - "Chelsi" to‘qnashuvi bo‘lib o‘tadi.
Hozirda jamoalar turnir jadvalining to‘rtinchi va beshinchi pog‘onalarini band qilishgan. Mazkur bahs natijasi jamoalarning o‘rnini o‘zgartirishi mumkin.
Bir necha mashhur saytlar uchrashuvdagi taxminiy natijalarni e’lon qildi.
"90MIN" nashri mazkur bahsda "Siti"ning g‘alabasiga ishonmoqda: "Manchester Siti" 2:1 "Chelsi"
"Sportingnews" mehmonlarning zafar quchishini taxmin qilmoqda: "Manchester Siti" 2:3 "Chelsi"
"SPORTSKEEDA" va "SportsMole" nashrlarining yozishicha tomonlar kuchi teng keladi: "Manchester Siti" 2:2 "Chelsi"
Sports.uz sayti esa bugungi bellashuv 3:1 hisobida "shaharliklar" foydasiga hal bo‘lishini taxmin qilmoqda.
Fikrlar