
“Man Siti”ning eng to‘g‘ri qarori
“Manchester Siti”dagi o‘yinlari bilan hurmat qozongan Shon-Rayt Fillips sobiq jamoasining eng muhim o‘yinchisi haqida gapirdi.
- “Manchester Siti” yangi xo‘jayinlarning qo‘liga o‘tganidan keyin Serxio Agueroning olinishi eng to‘g‘ri qaror bo‘ldi. Xorijlik futbolchilarning aksariyati jamoaga kelib, 8-9 yil yuqori saviyada barqaror o‘ynay olmaydi. Aguero esa buni uddalab kelmoqda, - dedi Shon-Rayt Fillips.
Shon-Rayt Fillipsning aytishicha, kelajakda Agueroning o‘rnini Gabriel Jezus egallashi mumkin. Chunki bu yosh futbolchi o‘z vazifasi nimada ekanini yaxshi biladi.
Fikrlar