
"Man Siti" Agueroga ishonadi
"Manchester Siti" hujumchi Serxio Aguero bilan ishlashda davom etishni istayapti.
The Telegraph nashrining xabariga ko‘ra, Aguero "Independente" klubi tomonidan bo‘layotgan qiziqishga rad javobini berib, "Man Siti"da yana bir mavsum qolishiga "shaxarliklar" shubha qilmayapti.
Argentinalik forvardning inglizlar bilan 2021 yilning yoziga qadar amal qiluvchi shartnomasi bor.
"Independente" klubi futbolchini ushbu yozdayoq o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.
Aguero futbolchilik faoliyatini aynan ushbu jamoa safida yakunlash istagi borligini bir necha bor aytib o‘tgan.
Fikrlar