Maksim Shatskix: "G‘alaba qozondik, lekin o‘yinimizga nisbatan savollar bor"

  • 27 iyun, 2024, 23:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" - "Bunyodkor" (1:0) o‘yinidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix  matbuot anjumanida qatnashdi.

Tecno

"O‘yinda g‘alaba qozondik, uch ochko juda muhim edi. Lekin namoyish etgan o‘yinimizga nisbatan savollar bor. Mashg‘ulotlarda ishlagan narsalarimizni bugun bajara olmadik. Shu sababli ko‘rsatgan futbolimizdan qoniqmadim. Ba’zi futbolchilar taktik jihatdan xatolarga yo‘l qo‘yishdi. Birinchi bo‘limda himoyada raqibga ko‘p imkoniyat berdik. Shu bilan birga himoyada faqat himoyachilar emas, balki butun jamoa qatnashishini unutmaslik kerak. Ba’zi holatlar borasida doim ishlayapmiz, gapiryapmiz, ammo bu futbolchilarga etib bormayapti. Demak, mashg‘ulotlarda yanada ko‘proq ter to‘kishimiz kerak.

Yoshlar asta-sekinlik bilan o‘sib borishmoqda. Mavsumdagi dastlabki turlarga nisbatan ularda ijobiy o‘zgarishlar bor. Ammo ma’lum darajaga etib borguncha mehnat qilishda davom etiladi".

"Paxtakor" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!