Maksim Shatskix: Afsuski, bizda "Nasaf"niki kabi resurs yo‘q

  • 29 may, 2024, 23:07
  • Karim Xudayqulov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superkubogi doirasida bo‘lib o‘tgan "Paxtakon" - "Nasaf" 1:1 (3:4) uchrashuvidan so‘ng matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida "sherlar" ustozi Maksim Shatskixning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin: 

Menga o‘yin yoqdi. Penaltilar guvohi bo‘ldik. Seriya esa - lotoreya. Asosiy tarkib futbolchilari qayta-qayta 90 daqiqadan harakat qilmoqda. Albatta, ular ham robot emas. Futbolchilar bugun daraja ko‘rsatdi. Afsuski, o‘zimizning xatolarimiz orqali gol o‘tkazib yubordik va gol urish uchun 3-4 ta imkoniyatimiz bo‘ldi, ammo undan foydalana olmadik. Umuman olganda, menga jamoam ko‘rsatgan o‘yin yoqdi. 

"Nasaf" 4 ta o‘zgarish qilgani o‘yin rejangizga ta’sir ko‘rsatdimi? Siz bundan hayratlandingizmi?

Bu meni hayron qoldirmadi. Biz shunchaki o‘zgarish amalga oshirmadik. Zaxiradagi futbolchilarimiz 18-19 yoshli futbolchilar. Umuman olganda, bizda yaxshi zaxira o‘rindig‘i yo‘q. Ular bir safar 4 nafar, keyin esa bir nafar futbolchini maydonga tushirdi. Afsuski, bizda bunday resurs yo‘q. Bizda hozir 11-12 futbolchi bor, xolos. Buning ustiga jarohat olgan futbolchilar ham ko‘p. 

Ba’zan murabbiylar penaltilar seriyasida darvozabonlarni almashtiradi. Nazarovni maydonga tushirishni o‘ylab ko‘rmadingizmi? 

Bizda darvozabonlar bo‘yicha murabbiy bor. Agar u o‘zgarishni amalga oshirishni istaganda, bu amalga oshardi. U men bilan gaplashmadi va o‘zi shu qarorga keldi. 

Penalti tepadigan futbolchilarni siz tuzdingizmi?

Yo‘q, yigitlarning o‘zi. Kim o‘ziga ishonsa tepdi. Men kim o‘ziga ishonayotganini bila olmayman. 

- "Paxtakor" gol urganidan so‘ng jamoa ancha ortga qaytib, himoyalanishga e’tibor qarata boshladi. Buning sababi nima?

Tecno

- O‘yinchilarga to‘pni nazorat qilishni buyurdim. Biroq yoshlar to‘p nazoratida qiynalyapti. Hozircha tarkibimizda to‘pni o‘zida saqlay oladigan futbolchilar etarlicha emas. O‘yin paytida gapimni etkazishga urindim, ammo bu juda qiyin bo‘ldi. Balki shunchaki to‘pni nazorat qilish uchun kuchimiz etmagandir. 

- Xoldorxonov so‘nggi bellashuvlarda qaydnomadan joy olmayapti. Sabab?

- Uning o‘yinida pasayish kuzatilgani bois uni shunchaki o‘rinbosarlar jamoasiga yubordik.

- "Paxtakor"ga kelganingizgan so‘ng etakchilar jamoani tark etishmoqda va moliyaviy imkoniyatlar kamayib bormoqda.  

- Kim bizda moliyaviy qiyinchiliklar bor deb aytdi? Futbolchi jamoani tark etishni xohlasa, uni olib qolishdan naf yo‘q. Bu ularning xohishi. 

- Tarkibdagi futbolchilardan ko‘nglingiz to‘lmayapti. Buni qayta-qayta ta’kidlab kelmoqdasiz. Bunday voqealar rivojiga qachongacha sabr qilasiz?

- Biz akademiyamizga tayanamiz. Bu rahbariyatning qarori. Siz kechagi "Paxtakor"ni unutishingiz kerak. Bu mavsum boshqa jamoani ko‘rasiz. Kelgan paytimda ikki marta chempion bo‘lgandik. Ayni dam boshqa jamoa shakllandi. Ko‘rib turganingizdek, bugun ayrim futbolchilar birinchi marta maydonga tushdi va "Bunyodkor" stadionini ilk bora ko‘rib turishibdi. Umuman olganda, yigitlar o‘z imkoniyatidan kelib chiqib, borini berishdi. Ularga rahmat aytmoqchiman. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдухаликов Мухаммад
30/05/2024 07:52
Судялар ёрдам берса Пахтакор кубокни оларди
&
Сафаров Кахрамонжон
29/05/2024 23:13
Бахона-бахона ва яна бахона