
MakGregor "pul mashinasi", u bilan hamma jang qilishni xohlaydi
Yarim engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Aleksandr Volkanovski(26-4) promoushenning katta yulduzlaridan biri Konor MakGregor(22-6)ga qarshi jang o‘tkazishni orzu qilmoqda.
"Konorga qarshi jang uchun gonorar aql bovar qilmaydigan darajada bo‘ladi, u bilan jang qilishni juda xam xohlayman. Men har doim bu bahsga qiziqib kelganman va MakGregor men jang qilmagan yagona engil vazn toifasidagi chempion. U texnik jihatdan juda kuchli va xavfli jangchi, lekin men uni to‘g‘ri strategiya orqali mag‘lub eta olaman", - deya Volkanovskidan iqtibos keltiradi Bloody Elbow.
Eslatib o‘tamiz, Volkanovski Iliya Topuriyaga nokaut evaziga yutqazganidan beri oktagonga chiqmadi.
Fikrlar