Mahmud Murodov UFCda ketma-ket 3 g‘alabaga erishgan jangchi bilan to‘qnash keladi

  • 19 oktabr, 2020, 13:58
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • MMA
CHERY AUTO

31 oktyabr kuni AQShning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan "UFC Fight Night 181" turnirida Mahmud Murodov mazkur promoushendagi uchinchi jangini o‘tkazadi. Unga polyak Kshishtof Yotko raqiblik qilishi kerak edi. Biroq Yotko mashg‘ulotlar jarayonida jiddiy jarohat olgan. Endi yurtdoshimiz AQSh vakili Kevin Xolland bilan to‘qnash keladi.

Tecno

Xolland faoliyati mobaynida 24 ta jang o‘tkazib, ularning 19 tasida g‘alaba qozongan. Besh bora mag‘lubiyat qayd etgan. Shularning 8 tasini UFCda o‘tkazgan. Mazkur promoushenda u ikki bora mag‘lub bo‘lib ulgurgan. Uni yarim og‘ir vazn toifasi etakchisi Tyago Santos hamda Brendan Allen mag‘lub etgan. 

Qizig‘i, Kevin Xolland "UFC Fight Night 179" turnirida Impa Kasanganayni ajoyib tarzda nokautga uchratib, butun jahonga shov-shuv bo‘layotgan Xoakin Baklini ham texnik nokaut bilan mag‘lub etgandi. 

Ma

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool fan
19/10/2020 17:53
Энасини учкургондан курсатади