Maguayr: "Mamlakatda ko‘pchilik MYuni yoqtirmaydi"

  • 12 avgust, 03:23
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayr jamoaga bo‘lgan bosim haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Yigitlar qattiq mehnat qilishyapti, jamoada ajoyib muhit bor. Biz muvaffaqiyatga erishmoqchimiz va bu uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilyapmiz. Oxirgi vaqtlarda etarlicha yaxshi o‘ynamadik va muxlislarimizga ko‘p narsa bera olmadik. Bu deyarli yangi boshlang‘ichdek tuyulyapti va umid qilamanki, bu yaxshi boshlanish bo‘ladi.

Harry Maguire of Manchester United looks on during the pre-season friendly match between Manchester United and ACF Fiorentina at Old Trafford on...

Ser Aleks Fergyuson davrida bizda mamlakatdagi eng kuchli jamoa bor edi va barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdik. Lekin hozirgi reallik — biz eng yaxshi emasmiz. Bosimga dosh berish va maydonda xuddi bolalar maydonchasidagi kabi erkin o‘ynash kerak. Oxirgi 10 yilda biz shu narsaga intilib keldik.

"Manchester Yunayted"ga e’tibor yuqori bo‘lishiga sabab – mamlakatda ko‘pchilik bu klubni yoqtirmasligi. Bu haqiqat", – dedi Maguayr "Rio Ferdinand Presents" podkastida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
998913335306
13/08/2025 08:49
Админ бу канакаси. Мавзуга ОИД хабар кани бу ерда.