Mag‘lubiyatdan so‘ng Mourino “Roma”ni larzaga soldi!

  • 27 sentabr, 2021, 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning oltinchi turidagi eng markaziy uchrashuv Rimda “Latsio” va “Roma” o‘rtasida bo‘ldi. Bu derbi nafaqat futbolchilar, balki ikki mashhur murabbiy Mauritsio Sarri va Joze Mourinoning o‘zaro to‘qnashuvi edi.

Tecno

Ushbu uchrashuvga mezbonlik qilgan “Latsio” puxta va aniq harakatlari bilan g‘alabaga erishdi. Bellashuv boshlanganidan keyin 19 daqiqa ichida ikkita gol o‘tkazib yuborgan “Roma” harakatlarida biroz talvasa, o‘zaro pas oshirishda palapartishlik kuzatildi. Bahs davomida aksariyat ko‘rsatkichlar bo‘yicha “bo‘rilar” ustunlik qilgan bo‘lsa-da, hisobda “burgutlar”ning parvozi baland bo‘ldi.

ruef5efeb08d4

Mezbonlar 3:2 hisobida oldinga chiqib olganidan keyin Joze Mourino 64-daqiqada Stefan El-Shaaravi o‘rniga Eldor Shomurodovni jangga tashladi. Hujumda sal jonlanish kuzatildi.  Oradan besh taqiqa o‘tib, Mourino shogirdlari hisobdagi farqni bittaga qisqartirdi.

Faol harakat qilgan Shomurodovda jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qolish imkoni bor edi. Ammo uning murakkab zarbasini “Latsio” qo‘rg‘oni – Pepe Reyna bartaraf eta oldi.

Uchrashuv “Latsio”ning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yin yakunlanishi bilan Joze Mourino barcha shogirdlarini maydonga to‘plagani ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Odatda, portugaliyalik mutaxassis jamoasi g‘alaba qozongan uchrashuvlarda ham futbolchilarni ayamay tanqid ostiga olishini ko‘p ko‘rganmiz.  "Roma" o‘yinchilari ham murabbiy bor zahrini ularga sochishi kutgan bo‘lsa, ne ajab. Bu gal umuman boshqacha vaziyat yuz berdi.

Mourinoning futbolchilarga aytgan gaplari ularning qalbini jumbushga keltirdi.

Mourino shogirdlariga “Gaplarimiz oramizda qolsin. Men bu gaplarni kiyim almashtirish xonasida aytishim kerak edi. Lekin maydonning o‘zida gapirishga qaror qildim”, - dedi.

Mourinoning shogirdlariga aytgan gaplari hali tashqariga chiqmadi. Lekin portugaliyalik mutaxassis Dazn vakillariga bergan intervyusidan u futbolchilarga taxminan nima deganini bilib olish mumkin. Joze suhbatda shogirdlaridan mamnun ekanini yana bir bor ta’kidladi.

- Eng avvalo, ijobiy fikrlarimni aytmoqchiman. Men avval ishlagan paytlarimdan beri Italiya futboli yaxshi tomonga o‘zgaribdi. O‘yin sifati va g‘alabaga bo‘lgan intilish oshgan, biroq hakamlik va VAR bu uchrashuvda muammo bo‘ldi. Bugun hakam ham, VAR vakillari ham xato qildi. Leyvaga ikkinchi sariqni berishmadi. Xuddi shunday vaziyatda Pellegrini qizil olgandi. Bugun shunga o‘xshash ikki yoki uchta vaziyatda qaror boshqacha bo‘ldi. O‘yinchilarimdan faxrlanaman, biz maydonda eng yaxshi jamoa ekanimizni ko‘rsatdik.

243033426_4442696345791145_3579678125822939593_n

Himoyadagi xatolar meni bezovta qilmaydi. Men ikkita gol o‘tkazganimizdan keyin kurashmaganimizda, o‘yinimizni kuchaytira olmaganimizda xavotirgan tushgan bo‘lardim. Agar “Latsio” 90 daqiqa davomida bizdan ustunlik qilganida ham xotirjam bo‘la olmasdim. Ikkinchi va uchinchi gollarni qarshi hujumda o‘tkazdik.

Italiya futboli o‘zgarmoqda. Chunki hamma futbol haqida gapiryapti, hakamlarni emas.

Biz Sergey Milinkovich-Savichning o‘yinini sinchiklab o‘rgandik, lekin markazda uni bo‘sh qoldirdik va u o‘z imkoniyatidan foydalandi. Biz xato qildik, shunga qaramay, darrov uni to‘g‘rilash harakatida bo‘ldik. Bunaqasi menga yoqadi.

Pellegrini haqida gapirishni istamayman. Nikolo Zanolo zo‘r o‘ynadi. U jismoniy tarafdan raqiblardan ustunligini ko‘rsatdi, lekin yakuniy pallada xato qarorlar qabul qildi. Ko‘p harakat qilganidan charchab qoldi va kurashni oxirigacha davom ettira olmadi.

Men xotirjamman. O‘yinda faqat 10 daqiqalik muammoga duch keldik. Tanaffusda muhim pallada bu bizga qimmatga tushishi mumkinligini aytdim. Lekin bunaqa vaziyatdan ham o‘tishimiz kerak. Biz boshqa natijaga loyiq edik, lekin hakamning qarorlari yakuniy natijaga ta’sir qildi, - dedi Joze Mourino.

shomurodov-rasskazal-o-problemah-v-kommunikacii-s-mourinyu_1629439984419145040

“Roma” mag‘lubiyatga qaramay, 12 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onadagi o‘rnini saqlab qoldi. Biroq, kuchli uchlikda borayotgan “Napoli”, “Milan” va “Inter” bilan  ochkolar o‘rtasidagi farq oshdi.

Mourino shogirdlari navbatdagi uchrashuvni 30 sentyabr kuni UEFA Konferentsiyalar kubogi doirasida Ukrainaning “Zarya” jamoasiga qarshi safarda o‘tkazadi.

“Roma” Evropa Chempionlar ligasida... Shomurodovning orzusi ushaladimi?

“Spartak” sobiq bosh direktori “soqqa qilish” uchun O‘runovdan foydalangan ekan!

Shomurodov jangovar xarakteri bilan uzoqqa boradi!

Mourinoga butsamni otib yubordim!

Bugun Rim derbisi: Shomurodovda Reynaga gol urish tajribasi bor. Mourino undan foydalanadimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!