Mag‘lubiyatdan keyin Anchelotti katta va’da berib yubordi

  • 28 noyabr, 2024, 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasining umumiy bosqichida amaldagi chempion “Real” safarda “Liverpul” mehmoni bo‘lib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Tecno

Beshta o‘yinda atigi olti ochko to‘pulagan “Real” xavfli hudud chegarasi – 24-o‘ringa tushib qolgan.

Mag‘lubiyatdan keyin Karlo Anchelotti jamoasining pley-offga chiqish imkoniyatiga baho berdi.

- Menga jamoam yoqdi, juda yaxshi kurashdi. Biz g‘alaba qozonganimizda ham hech narsa o‘zgarmas edi, chunki baribir kuchli sakkizlikka kira olmasdik.

Biz keyingi bosqichga chiqamiz va har yilgidek bosh sovrin uchun kurashamiz. Bunga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz, - dedi Karlo Anchelotti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!