Madrid superklubi shayxlar qo‘liga o‘tadi

  • 23 sentabr, 2024, 15:30
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni suveren fondi (PIF) Madridning “Atletiko” klubini sotib olish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. 

Tecno

Bu yo‘lda saudiyaliklar klubga ularning mamlakatida joylashgan Riyadh Airlines aviakompaniyasi homiylik qilayotganidan foydalanmoqchi. 
El Independiente nashrining ma’lum qilishicha, tomonlar o‘rtasidagi dastlabki muzokaralar o‘tkazilgan. Biroq hali yakuniy qarorga va rasmiy natijalarga erishilgani yo‘q. 

“Atletiko”ning nazorat aktsiyalari klub bosh direktori Migel Anxel Xil Maringa tegishli. 

Saudiya Arabistoni suveren fondi mamlakatning “Al-Ittihod”, “An-Nasr”, “Al-Ahli” va “Al-Hilol” kabi eng qudratli klublariga egalik qiladi. Shuning bu fond 2021 yili Angliyaning “Nyukasl” klubini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!