Madrid sudi: UEFAning bunga haqqi yo‘q!

  • 1 iyul, 2021, 19:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madrid tijorat sudi UEFAning Evropa Superligasi asoschilarini o‘z turnirlaridan chetlashtirish huquqiga ega emasligi to‘g‘risida qaror chiqardi.

Tecno

Sudiya Manuel Ruis de Lara ushbu qarorga rioya qilinmagan taqdirda, UEFA bo‘ysunmaslik uchun javobgarlikka tortilishi mumkinligini ta’kidladi.

Shuningdek, sud "Real", "Yuventus" va "Barselona"ga qarshi barcha intizomiy ishlarni bekor qilishni buyurdi.

O‘tgan oy "Real", "Barselona" va "Yuventus" yangi mavsumda Chempionlar ligasidan chetlatilmasligi tasdiqlangan edi.

UEFA esa Superligaga asos solgan klublarga qarshi sanktsiyalarni may oyida e’lon qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!