
Madiyar Saidrahimov: Maqsadim - terma jamoada birinchi raqamli bokschi bo‘lish
"Universal" sport majmuasida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
-91 kg vaznli Madiyar Saidrahimov kecha musobaqadagi ilk jangini o‘tkazib keyingi bosqich masalasini hal qildi. Shundan so‘ng Madiyar dastlabki yurishi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Uzoq muddat jang amaliyotisiz qolganim uchun hozir biroz qiynaldim. Kelgusi bahslarda yana ham yaxshiroq jang o‘tkazishga harakat qilaman. Bizning vaznimizda asosiy favorit Tokio olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Sanjar Tursunov, deb hisoblayman. Lekin men ham chempionlik uchun kurashaman. Agar finalga Tursunov ikkalamiz etib borsak, uni engish uchun bor kuchimni ishga solaman. Sanjar Tursunov bilan avval rasmiy musobaqalarda duch kelmaganmiz. Maqsadim - finalda g‘olib bo‘lib, vaznimda mamlakatdagi birinchi raqamli bokschiga aylanish", - dedi Madiyar.
Fikrlar