Lukaku Qozog‘istonga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi
Belgiya terma jamoasi forvardi Romelu Lukaku Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Qozog‘istonga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda terma jamoa murabbiylar shtabi “Inter” hujumchisiga muvaffaqiyatli o‘yinlari uchun ushbu o‘yinda dam berishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Belgiya terma jamoasi o‘tgan tur San-Sarinoni 9:0 hisobida engdi va muddatidan avval final bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Lukaku esa shu uchrashuvda dubl qayd etdi va o‘z gollari sonini 51 taga etkazib, Belgiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purariga aylanib oldi.



Fikrlar