
Luka Modrich faoliyatidagi eng yaxshi natijani qayd etdi
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich Ispaniya Superkubogi yarim final bosqichi "Valensiya"ga qarshi o‘yinda raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.
Bu xorvatning ushbu mavsumda barcha turnirlardagi beshinchi goli bo‘ldi, ushbu natijani qayd etish uchun Modrichga 19 ta o‘yin kerak bo‘ldi.
Shu tariqa yarim himoyachi faoliyatidagi eng yaxshi natijani qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Oldinroq, Modrich "Tottenxem"da 40 ta o‘yinda beshta gol kiritishni uddalagandi.
Fikrlar