
Luis Suares o‘ziga yangi jamoa tanladi va “Atletiko”dan ketadi
O‘tgan mavsumda “Atletiko”ning Ispaniya chempioni bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan Luis Suares yozda jamoani tark etadigan bo‘ldi.
Urugvaylik hujumchi umuman Evropadan ketishga qaror qilgan. Bu haqda Todofichajes nashri ma’lumot tarqatdi.
Manbaning xabar berishicha, Luis Suares yozda AQSh chempionatiga – “Inter Mayami” jamoasiga ko‘chib o‘tadi.
Luis Suaresning madridliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha tuzilgan. Tomonlar o‘zaro kelishgan holda uni muddatidan oldin bekor qilishi mumkin.
34 yoshli hujumchi joriy mavsumda 17 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini etti marotaba ishg‘ol qildi va jamoaning to‘purari hisoblanadi. Uning transfer summasi 15 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar