
Lui van Gal Portugaliyaga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin
Niderlandiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal Portugaliya terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin. U shu haqdagi savolga javob berib o‘tdi.
- Sizga Belgiya va Portugaliya termalaridan takliflar borligi aytilmoqda. Bu haqda nima deya olasiz?
- Bu jamoalar borasida savollar berishdi. Men javob berishim kerak edi. Hozir nafaqadaman. Shunga qaramay, yaxshi taklif bo‘lsa, ko‘rib chiqishga tayyorman.
- Bu siz uchun juda ajoyib yakun bo‘lardi. Shunday emasmi?
- Aytib o‘tganimdek, qulay taklif bo‘lsa, albatta, eshitishga shay holatdaman. Gapira olishim mumkin bo‘lgan narsa shu, xolos", - dedi niderlandiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, van Gal Niderlandiya terma jamoasi bilan jahon chempionatida chorak finalda o‘z yurishini yakunladi. Terma jamoa chempion Argentinaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Fikrlar