
“Los-Anjeles Gelaksi” ustozi: Chicharito bu Ibragimovichning o‘rinbosari, Iguain esa orzu
“Los-Anjeles Gelaksi” klubi bosh murabbiyi Gilermo Barros Skelotto jamoaning bo‘lajak transferlari haqida gapirdi.
-Iguainning olib kelinishi rosti?
-Bu orzu. Biz dunyoning eng zo‘r hujumchilaridan biri haqida gapiryapmiz. Ammo, yaqin orada bu orzuning ushalishi qiyin. Men intervyularning birida Gonsalo “Yuventus”da qolmoqchiligi haqida o‘qib qoldim. Balkim, unga hali MLSga kelishga ertadir. Ammo, futbolda hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin.
-Siz u bilan shaxsan tanishmisiz?
-Uning barcha oila a’zolari bilan tanishman. Iguainning otasi bilan bir jamoada o‘ynaganmiz. Uning akalaridan biri Federiko hozir MLSda “Di Si Yunayted” sharafini himoya qilyapti.
-Iguain qishda “Milan”ga ketgan Ibragimovichga o‘rinbosar bo‘lishi mumkinmi?
-Biz allaqachon Zlatangan o‘rinbosar topib qo‘yganmiz. Bu Chicharito. Biz undan qoniqyamiz.
Fikrlar