
Loris faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin
"Tottenxem" futbolchisi Ugo Loris faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Unga "Latsio" klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Di Martsio xabar berdi.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, darvozabon Sarri qo‘l ostida to‘p tepishga rozi bo‘lgan va bu transfer amalga oshishga yaqin turibdi. Unga boshqa jamoalardan ham takliflar bor.
Avvalroq, Loris o‘zini "Real"ga taklif qilgandi. Ammo madridliklar Kepani ijaraga olishni tanladi. "Tottenxem"da ham Ugoga asosiy tarkibdan joy yo‘q. "Shporlar" "Empoli"dan Gulelmo Vikarioni sotib olgan.
Fikrlar