
Londonning 3 ta grandi bir futbolchini ko‘zlamoqda
"Shtutgart"ning chap qanot himoyachisi Borna Sosa ingliz klublari e’tiborini o‘ziga tortmoqda. Bu haqda jurnalist Kristian Falk xabar bermoqda.
Insayder ma’lum qilishicha, 24 yoshli futbolchiga "Chelsi", "Arsenal" va "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda. Aytish kerakki, “aristokratlar” xorvatiyalik futbolchini qishki transferlar oynasidayoq tarkibga qo‘shib olishga urunib ko‘rishgan.
Sosa joriy mavsumda “Shtutgart” safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning bozor qiymati 20 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar