London klubi futbolchisi MYuning e’tibor markaziga tushdi

  • 3 may, 2024, 12:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Kristal Pelas" klubining hujumkor yarim himoyachisi Maykl Olise faoliyatini Premer-liganing top-klubida davom ettirishi mumkin.

Tecno

ESPN nashri xabariga ko‘ra, 22 yoshli frantsiyalik futbolchiga asosiy da’vogar “Manchester Yunayted” hisoblanadi. Mankunianliklar futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transfer oynasida qo‘lga kiritishga harakat qilishadi.

Olise transferining tahminiy narxi 60-70 million evroga baholanmoqda. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar imzolangan.

Maykl Angliya chempionatining joriy mavsumida “Kristal Pelas” safida 16 ta uchrashuvda ishtirok etdi va 7 ta gol urdi (bittasi penaltidan) va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

“Kristal Pelas”ning o‘zi esa APL turnir jadvalida 40 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda. Londonliklar navbatdagi uchrashuvini 7 may kuni o‘z maydonida "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!