
"Lokomotiv" yangi futbolchilarini tanishtirish uchun taqdimot marosimi o‘tkazadi
Ikkinchi davra oldidan "Lokomotiv" taqdimot marosimi o‘tkazadi.
"Temiryo‘lchilar" sport direktori Ravshan Muqimov, bosh murabbiy Aleksandr Krestinin hamda yozgi transfer oynasida jamoaga qo‘shilgan yangi futbolchilar ishtirokidagi marosim 1 avgust kuni "Bunyodkor" stadioni anjumanlar zalida bo‘lib o‘tadi va soat 11:00da boshlanadi.
Xabaringiz bor, "Lokomotiv" Superliga uy uchrashuvlarini "Bunyodkor" stadionida o‘tkazadi.
Fikrlar