"Lokomotiv" Moskva yana bir transferni amalga oshirish arafasida turibdi

  • 7 avgust, 2020, 14:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lokomotiv" Moskva serbiyalik himoyachi Slobodan Raykovich bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda klub bosh direktori Vasiliy Kiknadze ma’lum qildi.

Tecno

“Raykovich biz bilan va an’analarga ko‘ra tibbiy ko‘rikdan o‘tyapti. Xyovedes ketgach bizga yana bir tajribali markaziy himoyachi kerakligini tushunib etdik. Bizda 3 ta variant bor edi. Nikolich (bosh murabbiy) Raykovichni tanladi. U uni yaxshi biladi va tushunadi”, - deydi Kiknadze.

Raykovich faoliyati davomida "Chelsi", PSV, "Tvente", "Vitess", "Gamburg" va "Peruja" kabi klublarda to‘p surgan. Uning ayni damdagi transfer narxi 550 ming evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!