"Lokomotiv" etakchi avtosalonlar markazi bilan hamkorlik shartnomasi imzoladi (Foto)

  • 7 dekabr, 2020, 17:21
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lokomotiv" futbol klubi yana bir titul homiyga ega bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, "Lokomotiv" O‘zbekistonda "GM Uzbekistan" avtomobillarini sotish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha etakchioardan biri "Driver‘s Village" MChJ avtosalonlar markazi bilan hamkorlik shartnomasi imzoladi.

photo_2020-12-07_14-40-03

Endilikda "Driver‘s Village" ham klubning biznes hamkorlaridan biri hisoblanadi. "Lokomotiv" PFK marketing ishlari bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari Shohruh Hojimetov bu haqda shunday dedi: "Ma’lumki, klubimiz har doim o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yib kelmoqda. "Driver‘s Village" MChJ avtosalonlar markazi bilan hamkorlik shartnomasi imzolash kelajak sari tashlangan katta qadamlardan biri. O‘ylaymizki, ushbu kelishuvdan har ikki tomon manfaatdor bo‘ladi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!