
“Lokomotiv” bugun “Rubin” bilan o‘ynaydi
Yangi mavsumga tayyorgarlikni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida olib borayotgan "Lokomotiv" bugun ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Temiryo‘lchilar"ning navbatdagi raqibi Rossiya Premer ligasi vakili "Rubin" klubi bo‘ladi.
Qozon shaxri sharafini himoya qiladigan "Rubin" klubi 1959 yil tashkil topgan. 2017/18 mavsumda Qurbon Berdiev shogirdlari 20 uchrashuvdan so‘ng 23 ochko jamg‘argan holda 11 o‘rinni egallab turibdi.
Abu Dabi shaxrida o‘quv yig‘inlarini o‘tkazayotgan "Rubin" uchun bugungi o‘yin yig‘in davomidagi dastlabkisi hisoblanadi. "Shanxay SIPG" jamoasiga qarshi o‘yin bekor qilingan.
Fikrlar