
"Lokomotiv" bu safar Rossiya klubi bilan durang o‘ynadi
Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan "Lokomotiv" navbatdagi bahsda maydonga tushdi. Unda "temiryo‘lchilar"ga Rossiyaning "Ufa" klubi qarshilik ko‘rsatdi. Ushbu bellashuvda vakillarimiz 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
"Lokomotiv" safida yagona golga Anvar Alijonov mualliflik qildi. Raqib goli 19-daqiqada Kasintura Egas tomonidan kiritildi.
Bundan oldingi bahsda hamyurtlarimiz Bolgariyaning "Montana" jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagandi.
Fikrlar