
"Lokomotiv" a’zolari maktabgacha ta’lim muassasida mehmon bo‘ldilar
Bugun «Lokomotiv» futbol klubi delegatsiyasi poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 14-sonli maktabgacha ta’lim muassasida mehmon bo‘ldi.
Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash dasturi doirasida "Milliy qadriyatlar qadr topgan yurt bolalarimiz" nomi ostida o‘tkazilgan tadbirda jamoa bosh murabbiyi Denis Korostichenko, futbolchilar Boyan Naydenov, Islomjon Qobilov, Samuel Opeh, Sime Zuzul va Lazizbek Mirzaevlar ishtirok etishdi.
So‘zga chiqqan futbolchilarimiz ushbu tadbirda qatnashishdan boshi osmonga etganini va ularga kelajakda sport bilan shug‘ullanib, etuk sportchilar bo‘lishini tilashdi, - deya xabar bermoqda “Lokomotiv” matbuot xizmati.
Fikrlar