
"Lokomotiv" - "Al Ittihod". Jamoalar ertaga qaysi rangdagi liboslarda o‘ynaydi?
Bugun har ikki jamoa vakillari va OFK rasmiylari ishtirokida miting bo‘lib o‘tdi. Unda klublar ertaga qaysi rangdagi liboslarda o‘ynashiga aniqlik kiritib olindi.
Unga ko‘ra, "temiryo‘lchilar" ertaga qora rangdagi liboslarda o‘ynashsa, mehmonlar oq rangdagi ekipirovkalarda harakatlanishadi.
Ma’lumot uchun, "Lokomotiv" - "Al Ittihod" bahsi ertaga soat 18:00 da Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida start oladi.
Fikrlar