
"Liverpul"ning sobiq himoyachisi La Liga klubiga o‘tdi
Ispaniyalik himoyachi Alberto Moreno faoliyatini "Vilyarreal"da davom ettiradigan bo‘ldi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli futbolchi “sariq suv osti kemasi” bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, Moreno “Vilyarreal”safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. Boisi, 30 iyun kuni uning “Liverpul” bilan imzolagan shartnomasi o‘z yakuniga etdi.
Fikrlar