“Liverpul”ning eng zo‘r transfer aniqlandi

  • 3 yanvar, 2024, 09:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

The Athletic nashri ekspertlari bosh murabbiy Yurgen Klopp davridagi “Liverpul”ning eng zo‘r transferini aniqladi.

Tecno

Unga ko‘ra, misrlik forvard Muhammad Salohning 2017 yili “Rom”dan xarid qilinishi eng yaxshi transfer sifatida qayd etilgan.

Niderlandiyalik himoyachi Virjil van Deykning 2018 yili “Sautgempton”dan olib kelingani ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Kuchli uchlikdan besh yil muqaddam “Roma”dan taklif etilgan darvozabon Alisson Beker transferi joy oldi.

Muvaffaqiyatli transferlar qatoriga Sadio Mane, Endryu Robertson, Joel Matip, Jorjino Veynaldum, Fabino, Ibrohim Konate va Dominik Soboslai ham kiritildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!