
"Liverpul"ning asosiy maqsadi ma’lum
"Liverpul"ning asosiy maqsadi ma’lum
Angliyaning "Liverpul" klubi hozirda bor etiborini misrlik futbolchi Muhammad Saloh bilan shartnomani uzaytirishga qaratgan. "Qizillar" afrikalik iqtidorni nima qilib bo‘lsa-da jamoada olib qolmoqchi.
Klub rahbariyati Salohni boshqa jamoaga o‘tishini hoxlamaydi. Shu boisdan, u bilan yozgacha yangi shartnoma bandlarini kelishib olish niyatida.
Ma’lum bo‘lishicha, 29 yoshli futbolchi hali "Liverpul"ni tark etmoqchi emas. Faqat u klubdan maoshi oshirilishini talab qilyapti.
Ma’lumot o‘rnida, Muhammad bu mavsum APLning 20 ta o‘yinida ishtirok etib, o‘z nomiga 16 gol va 9 assist yozib qo‘ydi.
Fikrlar