
"Liverpul"ning APLdagi mag‘lubiyatsiz seriyasi sakkizta o‘yinga etdi
"Liverpul" klubi Angliya premer-ligasi 32-turi doirasida "Manchester Yunayted" bilan 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. Shu tariqa, Yurgen Klopp shogirdlarining chempionatdagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 8 o‘yinga etdi.
Oxirgi marta "qizillar" 4 fevral kuni "Arsenal"ga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi - 1:3. Shundan keyin jamoa 6 g‘alaba va 2 durang natija qayd etgan.
Mersisaydliklar 14 aprel kuni o‘z uyida "Kristal Pelas"ga qarshi saf tortadi. Ayni paytda klub 71 ochko bilan jadvalning 2-pog‘onasini band etib turibdi.
Fikrlar