
"Liverpul" va "Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi vafot etdi (FOTO)
Yaqin o‘tmishdagi mashhur irlandiyalik futbolchilardan biri Maykl Robinson 61 yoshida olamdan o‘tdi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda sobiq futbolchi teri saratonidan vafot etgan.
Robinson futbolchilik faoliyati davomida "Preston", "Manchester Siti", "Brayton", "Liverpul", KPR va "Osasuna" klublarida to‘p surgan. Irlandiya terma jamoasida esa 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urishga erishgan.
Fikrlar