
"Liverpul" sobiq futbolchisi APLga qaytishi mumkin
"Aston Villa" "Milan" bilan darvozabon Pepe Reynaning transferi masalasida muzokara o‘tkazmoqda, deya xabar bermoqda Daily Mail.
37 yoshli Reynaning APLga qaytish istagi birmengemliklar kiperi Tom Xitonning jarohati bois amalga oshishi mumkin.
Ma’lumot uchun, ortda qolgan ikki mavsum davomida darvozabon milanliklar safida oltita o‘yinda maydonga tushdi.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik 2005-2014 yillar davomida "Liverpul"darvozasini qo‘riqlagan va 285 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Fikrlar