
"Liverpul" "Old Trafford"da "Manchester Yunayted" darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi (video)
Angliya premer-ligasining 9-turida “Liverpul” safarda “Manchester Yunayted”ga qarshi bahs olib bordi.
“Old trafford”da kechgan o‘yin gollarga boy kechdi. Yakunda 0:5 hisobida mersisaydliklarning mutlaq g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “Liverpul” safida Nabi Keyta (5'), Diogu Jota (13') va Muhammad Saloh (38', 45+5', 50') gol muallifi bo‘ldi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar