"Liverpul" muxlislari uchun noxush xabar...

  • 24 yanvar, 2020, 10:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" forvardi Sadio Mane kecha "Vulverxempton"ga qarshi o‘tkazilgan APLning 24-turida jarohat oldi.

Tecno

Senegallik futbolchi uchrashuvning 33-daqiqasida maydonni tark etdi. Keyin esa uning o‘rniga maydonga Takumi Minamino tushirildi. E’tiborlisi, bu yaponiyalik futbolchi uchun premer-ligadagi debyut uchrashuv bo‘ldi.

Hozircha Manening jarohati borasida ma’lumotlar yo‘q. Biroq, u maydonni o‘z oyoqlari bilan tark etdi.

Ma’lumot uchun, Mane joriy mavsum “Liverpul” safida 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va 15 ta gol hamda 11 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!