
“Liverpul” bu ishni birinchi bor uddaladi
“Liverpul” o‘z tarixida birinchi marta barcha turnirlarda ketma-ket sakkizta safar uchrashuvini o‘z foydasiga hal qildi.
Yurgen Klopp shogirdlarining UEFA Chempionlar ligasi chorak finalida “Benfika” ustidan qozongan g‘alabasi ana shu rekordga asos bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Liverpul” Angliya kubogida “Nottingem Forest”ni, premer-ligasida “Arsenal”, “Brayton”, “Byornli”, “Kristal Pelas”ni, Chempionlar ligasida “Inter”ni va Angliya ligasi kubogida “Arsenal”ni safarda mag‘lubiyatga uchratgan.
Yurgen Klopp jamoasi navbatdagi safar o‘yinini 10 aprel kuni premer-ligada peshqadamlik qilayotgan "Manchester Siti"ga qarshi o‘tkazadi. Raqib maydonidagi mazkur bahs katta ehtimol bilan joriy mavsum chempionligini hal qilishi aytilmoqda.
Fikrlar