"Liverpul" himoyachisi faoliyatini Italiyada davom ettiradi

  • 1 sentabr, 09:21
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" markaziy himoyachisi Jo Gomes "Milan"ga o‘tish arafasida turibdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Tecno

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, klublar transfer shartlari bo‘yicha to‘liq kelishuvga yaqin turibdi. Transfer "rossonerilar"ga 15 million evroga tushadi. 28 yoshli futbolchi A Seriya grandi bilan 2029 yilning yarmigacha mo‘ljallangan shartnoma tuzadi.

Jo Gomes 2015 yildan beri "Liverpul" sharafini himoya qilib kelmoqda. Himoyachi "qizillar" safida barcha musobaqalarda 243 ta o‘yinda maydonga tushib, birorta ham gol urmagan, ammo jamoadoshlariga o‘nta golli uzatmani amalga oshirgan.

Avvalroq mersisaydliklar "Kristal Pelas" futbolchisi Mark Gexi bilan shartnoma imzolashi bilanoq Gomesni sotishni ma’qullashi taxmin qilingandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!