“Liverpul” g‘alati taklif oldi

  • 1 avgust, 2021, 12:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester  Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogbaning agenti Mino Rayola mijoziga yangi jamoa qidirish bilan band.

Tecno

Frantsiyalik yulduz manchesterliklarning yangi shartnoma bo‘yicha taklifini qabul qilmayapti. Rayola esa, uni boshqa klubga o‘tkazmoqchi. Ana shu maqsadda, taniqli agent “Liverpul” rahbariyatidan Pol Pogbani transfer qilishni so‘radi.

U Pogbaning manchesterliklar bilan amaldagi shartnomasi kelasi yili tugashini inobatga olib, liverpulliklarga 45-50 million funtga frantsiyalik yarim himoyachini olishni tavsiya qilyapti. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu transferning deyarli imkoniyati yo‘q. Chunki Angliya chempionligi uchun o‘zaro raqobatlashadigan jamoalar, odatda, bir-biriga etakchi futbolchisini sotmaydi.

Pol Pogbaga qiziqayotganlar ro‘yxatida PSJ, “Yuventus” va “Real” ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!