"Liverpul" futbolchisi "Atletiko" o‘yinigacha maydonga qaytishi mumkin
"Liverpul" yarim himoyachisi Jordan Xenderson Evropa Chempionlar ligasi 1/8 final "Atletiko"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Jordan Xenderson madridliklar bilan dastlabki o‘yinda sonidan jarohat olgan edi.
Joriy mavsumda angliyalik futbolchi mersisaydliklar libosida 25 o‘yinda 3 ta gol kiritishni uddaladi.



Fikrlar