
"Liverpul" Denis va Markus duetini "Enfild"da ko‘rmoqchi
"Liverpul" klubi o‘z safini Bundesligada to‘p suruvchi futbolchilar bilan kuchaytirmoqchi.
Daily Express nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, mersisaydliklar bu borada "Borussiya" Myunxengladbaxning 2 nafar futbolchisini ko‘zlashmoqda. Bular, shveytsariyalik yarim himoyachi Denis Zakaria va frantsiyalik hujumchi Markus Tyuramlardir.
23 yoshli Zakarianing transfer narxi 45 mln evro, 22 yoshli Tyuramning narxi esa 28 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar