
"Liverpul" "Chelsi"ning rekordini takrorlay olmadi
Xabaringiz bor, “Liverpul” kecha APLning 18-turida o‘z maydonida “Byornli”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
E’tiborlisi, shu tariqa mersisaydliklarning 68 ta o‘yindan buyon davom etib kelgan o‘z maydonida mag‘lub bo‘lmaslik seriyasi barham topdi. “Liverpul” so‘nggi bor “Enfild”da 4 yil oldin mag‘lub bo‘lgan edi.
Shu tariqa “Liverpul”ga “Chelsi”ning rekordini takrorlash nasib etmadi. “Aristokratlar” ketma-ket 86 ta o‘yinda o‘z maydonida yutqazmagan.
Fikrlar