
"Liverpul" APL chempionligini qachon rasmiylashtiradi?
“Liverpul” klubi uzoq kutilgan Angliya premer-ligasi chempionligi uchun dadil qadam tashlashda davom etmoqda.
Yurgen Klopp boshchiligidagi jamoa 27 ta turdan so‘ng 2-o‘rinda borayotgan “Manchester Siti”ni naqd 22 ochkoga ortda qoldirmoqda. Mersisaydliklar yana 4 ta o‘yinda g‘alaba qozonishsa, 21 mart kuni chempionlikni tantana qilishlari mumkni.
“Liverpul” bo‘lajak 4 ta uchrashuvni "Uotford" (mehmonda), "Bornmut" (uyda), "Everton" (mehmonda) va "Kristal Pelas" (uyda) jamoalariga qarshi o‘tkazadi.
Agar “Siti” oldindagi o‘yinlarda ochko yo‘qotsa, “Liverpul”ning chempionligi yanada tezlashishi mumkin.
Fikrlar