"Liverpul" - "Real Madrid". Mashhur saytlar o‘yin natijasini taxmin qildi

  • 27 noyabr, 2024, 15:58
  • Jahongir Inomjonov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Chempionlar ligasi doirasida "Liverpul" - "Real Madrid" jamoalari bahs olib boradi.

Tecno

APL turnir jadvalida yaqqol etakchiga aylangan "mersisaydliklar" o‘z maydonida La Liganing ikkinchi pog‘onasidan joy olgan "Los-Blankos" bilan to‘qnash keladi.

Bir necha mashhur saytlar uchrashuvdagi taxminiy natijalarni e’lon qildi.

"SPORTSKEEDA" nashri mazkur bahsda tomonlar kuchi teng kelishini taxmin qilmoqda: "Liverpul" 2:2 "Real Madrid"

"Sportingnews" nashri "mersisaydliklar" g‘alabasiga ishonmoqda: "Liverpul" 3:1 "Real Madrid"

"90Min" nashrining yozishicha minimal ustunlikda mezbonlarning qo‘li baland keladi: "Liverpul" 2:1 "Real Madrid"

Sports.uz sayti esa bugungi bellashuv 3:2 hisobida "Liverpul" foydasiga hal bo‘lishini taxmin qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Yusuf ugl
27/11/2024 17:17
3:1
&
Ilkhomjon
27/11/2024 17:15
2:2